Farg‘onada referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyalarining tarkibi tasdiqlandi

18:02 05 Aprel 2023 Siyosat
1037 0

Foto: Xalq so'zi

O‘zbekiston Respublikasining Referendumini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug komissiyasining navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda okrug komissiyasi a’zolari hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Referendum jarayonlarini yoritish bo‘yicha akkreditasiyadan o‘tkazilgan OAV vakillari qatnashdi.

Ta’kidlash joizki, komissiyaning avvalgi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasining "O‘zbekiston Respublikasi Referendumi to‘g‘risida"gi  Qonuni 20-moddasiga ko‘ra, komissiyaga tuman va shahar hokimlari tomonidan taqdim etilgan referendum uchastkalari bo‘yicha taqdimnomalari ko‘rib chiqilgan edi. Shu tariqa okrug hududini qamrab oluvchi 1209 ta referendum uchastkasini tuzish borasida tegishli qaror qabul qilingandi.

- Bugungi yig‘ilishda uchastka komissiyalarining tarkibini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi,-deydi Okrug komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyev. - Milliy qonunchiligimizga muvofiq, referendum uchastkalari samarali faoliyat yuritishi uchun Xalq deputatlari tuman-shahar kengashlari sessiyalarida komissiya a’zoligiga tavsiya qilingan nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda nomzodlarning hamyurtlarimiz o‘rtasida obro‘-e’tiborga egaligi, saylov va referendum o‘tkazishda yetarli tajribasi borligi inobatga olinadi. Mahalliy Kengash sessiyalarida uchastka komissiyasi a’zoligiga nomzodlar muhokamasi o‘tkazilgach, tasdiqlash uchun okrug komissiyasiga tavsiya etiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda  uchastka komissiyalari ish faoliyatini tashkil etish, saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va ularni xabardor etish kabi boschiqma-bosqich bajarilishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.
 Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Botir Madiyorov
“Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер