Fargʻonada qaynota kelinini soʻyib tashladi
Dangʻara tumanida yashovchi R.S, kelini D.ni soʻyib tashladi. Bunga oilaviy kelishmovchiliklar, kelinning qaynotam menga tegajonlik qildi, demoqchi boʻlgani sabab boʻlgan.
Shundan soʻng jinoyat ishlari boʻyicha Dangʻara tuman sudi yuqoridagi qotillik jinoyatini koʻrib chiqdi.
Sud jarayonida sudlanuvchi R.S. oʻziga nisbatan eʼlon qilingan ayblovga toʻliq iqror va pushaymon boʻlib, kelini D.S. hayotlik paytida biror marta tegajoqlik qilmagani, qilmishiga pushaymonligi, oʻziga nisbatan qonuniy yengillik berilishini soʻradi.
Sud jarayonida D.S.ning onasi ham daʼvosi yoʻqligini maʼlum qildi.
Sud hayʼati sudlanuvchi R.S.ga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring