Fargʻonada qadrdon ohanglar sehri
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona shahridagi viloyat teatr-konsert saroyida Botir Zokirov nomidagi milliy estrada-simfonik orkestrining jonli ijrodagi konserti boʻlib oʻtdi.

Konsert dasturida ijodiy jamoaning 30 nafarga yaqin ijrochilari tomonidan estrada, jaz, rok yoʻnalishlarida kuy-qoʻshiqlar yangradi. “Umid”, “Oʻzbekiston Vatanim”, “Qizil olma”, “Samarqand” kabi qadrdon qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.
— Xalqimiz haqiqiy sanʼatni sevadi, ardoqlaydi, — deydi konsertmeyster Nodira Yusupova. — Bugun koʻplab qoʻshiqlar tomoshabinlar joʻrligida ijro etildi. Birgina shu jihatning oʻzi ham bunday qadrdon ohanglar aslo zavol topmasligini anglatadi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring