Fargʻonada qadoqlangan mayiz Buyuk Britaniya va Kanada bozorlarida xaridorgir

18:46 21 Dekabr 2023 Jamiyat
1185 0

Foto: Arxiv surat

Rishton tumanida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi 14 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan boʻlib, ular tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 3,7 million dollardan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi.

Yaqinda tumandagi “Laudan Harvest” xususiy korxonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji savdosiga ixtisoslashgan “Laudan Limited” kompaniyasi bilan tuzilgan eksport shartnomasiga koʻra, qiymati 300 ming dollardan ortiq qadoqlangan qora mayiz joʻnatildi.

Shu bilan birga xususiy korxona tomonidan “NEB International” xalqaro savdo va logistika kompaniyasiga bilan tuzilgan eksport shartnomasi asosida Kanadaga 20 tonna mayiz eksport qilindi.

— Bozor talabi va ehtiyojini oʻrganib, kelgusi yildan bu ikki mamlakatga mayiz eksporti hajmini yanada oshirish maqsad qilganmiz, — deydi korxona rahbari Abdumannob Doniyorov. —Boisi yurtimizdan yetkazilgan mayiz kimyoviy qoʻshimchalar yoʻqligi va tabiiy darmondorilarga boyligi bilan xorijdagi xaridorlarga manzur boʻlmoqda.

Ayni paytda viloyatda uzumning mayizbop navlarini koʻpaytirish, xorijning mashhur uzum navlarini mahalliylashtirish boʻyicha ham ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер