Fargʻonada mobil post tashkil etildi
2020-yilning oʻn bir oyida Fargʻona viloyatida 851 ta yoʻl-transport hodisalari sodir boʻlib, 746 nafar harakat ishtirokchilari tan jarohati oldi. Afsuski, yoʻldagi kutilmagan falokatlar natijasida 195 nafar inson hayotdan bevaqt koʻz yumdi.
Fargʻona viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Elbek Qobilovning maʼlum qilishicha, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklarni doimiy ravishda nazorat qilib borish maqsadida mobil post xizmati tashkil etildi.

Maxsus moslamalar bilan jihozlangan avtobusda malakali inspektorlar viloyat hududi boʻylab yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi boʻyicha faoliyat olib boradi.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring