Farg‘onada “Lacetti” haydovchisi 57 yoshli fuqaroning o'limiga sababchi bo'ldi
Foto: Videodan kadr
Farg‘ona viloyatida “Lacetti” urib yuborgan fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Lavhada aytilishicha, Qo‘shtepa tumanidagi serqatnov yo‘llarning birida harakatlanib kelayotgan Lacetti’ning 30 yoshli haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda mashina yo‘l chetiga chiqib ketib, xonadonlardan birining darvozasiga borib urilgan.
Hodisa vaqtida uyning kirish qismida turgan 57 yoshli fuqaro darvoza va “Lacetti” orasida qisilib qolgan. Oqibatda u og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring