Fargʻonada koʻp qavatli turarjoylar taʼmirlandi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati koʻp qavatli uylar soni boʻyicha Toshkent shahridan keyingi oʻrinda turadi. Bu soha masʼullariga ulkan masʼuliyat yuklaydi.
Ayni paytda koʻp xonadonli uy-joy fondini saqlash, kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish uchun sifatli taʼmirlash ishlariga alohida eʼtibor berilmoqda.

— Joriy yilda 52 ta uyning 27 ming kv.m tom qismi, 266 ta kirish yoʻlaklari, 69 ta uyning yertoʻla qismidagi muhandislik-kommunikatsiyalari, 59 ta uyning uy ichidagi muhandislik tarmoqlari, 98 ta uyning fasad qismini taʼmirlash ishlari bajarildi, — deydi Fargʻona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Avazbek Madaminov. — Shuningdek, 112 ta temir eshik, 104 ta kodli qulflar, 150 kv.m framuga oynalari, 617 ta energiya tejamkor sensor lampalar oʻrnatildi.
Elektr taqsimlovchi shitlar toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, manzilli roʻyxat asosida 1 ming 32 tasi toʻliq taʼmirdan chiqarildi. Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan koʻp kvartirali uylarda yashovchi fuqarolar mablagʻlaridan 168 ta uyning 350 ta qavatlararo elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlari zamonaviy mezonlar asosida yangilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring