Fargʻonada Konstitutsiya bilimdonlari ragʻbatlantirildi

17:08 08 Dekabr 2023 Jamiyat
683 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona musiqali drama teatrida sana munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbirida “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” mavzusida zakovat bahsi tashkil etildi.

Tadbirda “Fargʻona viloyatini xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish dasturi” ijrosi yuzasidan Fargʻona, Margʻilon va Quvasoy shaharlari hamda Qoʻshtepa, Oltiariq, Quva, Toshloq, Yozyovon va Fargʻona tumanlarida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar sarhisob etildi. Mazkur shahar-tumanlarda yashovchi alohida eʼtiborga muhtoj 300 nafar xotin-qiz hamda 100 nafar kasaba uyushmalari faollari ishtirokidagi tadbirda qatnashchilarning Qomusimiz boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Gʻoliblarga mahalliy va markaziy nashrlarga 2024-yil uchun bir yillik bepul obuna sertifikati hamda kitob jamlanmalari topshirildi. Shuningdek, tadbir qatnashchilari uchun viloyat musiqali drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Zoʻrdan-zoʻr” spektakli namoyish etildi.

— Bugun ushbu qonun hujjatining hayotimizdagi oʻrnini yaqqol tasavvur etdim, — deydi Oltiariq tumani “Qapchugʻay” MFYda istiqomat qiluvchi Zulfiya Gʻofurova. — Oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarini farzandlarim oʻqiydi, xonadonimiz maʼrifat nuridan bahramand boʻladi. Demak, Konstitutsiya yurtimizdagi har bir oilaga, insonga ana shunday baxtni tuhfa etmoqda.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер