Fargʻonada YTH natijasida voyaga yetmagan bola vafot etdi
Joriy yilning 02-may kuni soat 19:30 larda, Fargʻona viloyati, Bogʻdod tumani hududidan oʻtgan 4K 920V avtomobil yoʻlining 6-km.da 1986-y.t. Q.D. “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib, chap tomonda, yoʻl chetida turgan piyoda 2007-y.t. D.J.ni urib yuborib, soʻngra daraxtga urilib, YTH sodir etgan.
Natijada, piyoda D.J. koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan ogʻir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.
Haydovchi Q.D. tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bogʻdod tumani IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yoʻl harakati ishtirokchilari yoʻllarda harakatlanganda “Yoʻl harakati qoidalari”ga amal qilishingizni, haydovchilar yoʻllarda piyodalarga eʼtiborli boʻlishingizni soʻrab qolamiz, deyiladi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring