Fargʻonada fuqaroni Avstriyaga oʻqishga yuborishni vaʼda qilgan firibgar qoʻlga olindi

14:06 09 Fevral 2022 Jamiyat
858 0

Fargʻonada fuqaroni chet elga oʻqishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro U.I 4-fevral kuni IIBga qilgan murojaatida, 2020-yilning dekabr oylarida nomaʼlum shaxs uning ishonchiga kirib, 1.850 AQSH dollari evaziga Avstriya davlatidagi universitetga oʻqishga olib kirib qoʻyishini aytib, pullarni olib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni ehtiyoji uchun sarflab yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер