Fargʻonada besh nafar fuqaro oʻzaro janjallashdi
Ijtimoiy tarmoqlarida Fargʻona viloyatida fuqarolar oʻzaro janjallashgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ichlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, joriy yilning 5-aprel kuni fuqarolar Sh.I. hamda F.I. Toshloq tumani markazida joylashgan dorixona yoʻlagini taʼmirlash masalasida fuqarolar I.L., L.I. hamda R.T.lar bilan oʻzaro kelisholmay qolgan.
Oqibatda ushbu fuqarolar oʻzaro janjallashib, bir bir-birlariga tan jarohati yetkazgan. Voqea joyiga Ichki ishlar organlari xodimlari zudlik bilan yetib borib, janjalni bartaraf qilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring