Fargʻonada faol yoshlarga tashakkurnomalar topshirildi

20:14 20 Dekabr 2023 Jamiyat
542 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona shahrida joylashgan Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov barkamol avlod vakillari bilan учрашди.Самимий muloqotda 900 nafardan ziyod fargʻonalik faol yoshlar qatnashdi.

— Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan hayotbaxsh islohotlar samarasi tufayli yoshlarga eʼtibor va gʻamxoʻrlik koʻrsatish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilandi, —dedi viloyat hokimi. — Ayni jarayonda kelajagimiz vorislari zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi,isteʼdodini namoyon etishi uchun barcha sharoitlar muhayyo etilmoqda.

Birgina “Yoshlar daftari” orqali viloyat yoshlariga manzilli yordam koʻrsatish maqsadida 100 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi. “Yoshlar balansi” asosida 21 ming nafarga yaqin “ogʻir” toifadagi yigit-qizlarning muammolari hal qilinib, joriy yil boshidan buyon 37 ming nafardan koʻproqnavqiron avlod vakillarining bandligi taʼminlandi. Har yili 5 ming nafardan ziyod fargʻonalik talabalarning toʻlov-kontrakt pullari toʻlab berilayotir.

— Yuzma-yuz muloqotda viloyat rahbarining “Har ish niyatdan boshlanadi, niyatlar maqsadlarga, maqsadlar harakatlarga aylanadi”, degan fikri menga katta motivatsiya boʻldi, — deydi yosh ijodkor Qobiljon Shermatov. — Bugun koʻpchilik tengdoshlarim qatori viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanganim esa ijodiy yutuqlar sari ragʻbatlantiradi.

Tadbir davomida oʻz yutuqlari bilan yurt ravnaqiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh yoshlar viloyat hokimining Tashakkurnomasi hamda sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер