Fargʻonada bir guruh odamlar ovqatlanish shoxobchasini yoqib yubordi
Fargʻonada oynani sindirib, ovqatlanish shoxobchasiga oʻt qoʻygan bir guruh yoshlar qoʻlga olindi. Bu haqda “Bugun.uz” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyati IIB Tergov boshqarmasi gumonlanuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, tergov davomida ular ish boʻyicha barcha ayblanuvchilarning harakatlariga huquqiy baho berishadi va natijalariga koʻra qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring