Fargʻonada bayram yarmarkalari tashkil etilmoqda
Ayni kunlarda Fargʻona viloyatining markaziy dehqon bozorlarida Yangi yil bayrami munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bayram yarmarkalarida kundalik zarur oziq-ovqat, qandolat mahsulotlari hamda meva-sabzavotlar imtiyozli narxlarda savdoga chiqarilyapti. Yarmarkalar faoliyati uzluksizligini taʼminlash maqsadida bozorlarda kerakli zaxira yaratilgan.
Fargʻona viloyati dehqon bozorlari va savdo komplekslari uyushmasi raisi oʻrinbosari Ilhom Toshboyevning qayd etishicha, viloyatning 19 ta shahar-tumanida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat, 14 ta savdo komplekslarida yangi yil oʻyinchoqlari va sovgʻalari yarmarkalari 2021-yilning 5-yanvariga qadar davom etadi.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring