Fargʻonada aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tumani boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Xabarda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi bilan shugʻullanib kelgan muqaddam sudlanganlar fuqaro A.J. va U.M. xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 9 ming 990 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida aylanma yoʻllar orqali respublika hududiga olib kirgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi departament xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring