Fargʻonada 7 000 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Bu haqda Bojxona qoʻmitasi Axborot xizmati maʼlumot berdi.
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dastlabki qiymati 70 mln. soʻmlik 2 turdagi jami 7 000 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring