Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

11:22 13 May 2025 Jamiyat
188 0

Videodan kadr

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida “Fargʻona-Qoʻqon” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushlangan.

Shundan soʻng avtomashina va mazkur xonadon xolislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan. Natijada mashina salonida va xonadonda keyinchalik sotish maqsadida saqlab kelinayotgan, xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari boʻlmagan 2 turdagi jami 27 500 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Taʼkidlanishicha, mazkur noqonuniy mahsulotlarning taxminiy qiymati 357 million soʻmni tashkil qiladi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер