Fargʻonada ota ikki farzandi uchun 180 mln soʻm aliment toʻladi

15:47 09 Avgust 2021 Jamiyat
884 0

Fuqarolik ishlari boʻyicha Margʻilon tumanlararo sudining tegishli buyrugʻiga asosan qarzdor R.Azimovdan undiruvchi F.Azimova foydasiga ikki nafar farzandlari voyaga yetgunga qadar aliment undirish belgilangan. Bu haqda MIB xabar berdi.

Byuroning Margʻilon shahar boʻlimi tomonidan alimentni oldindan toʻlash tartibi qarzdor R.Azimovga tushuntirilganida, bunga yetarli imkoniyati mavjudligini maʼlum qilgan.

Undiruvchi roziligi asosida R.Azimov xolislar ishtirokida 180 mln. soʻm aliment pulini milliy va xorijiy valyuta koʻrinishida F.Azimovaga tilxat asosida topshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер