Fargʻonada 1,2 milliard soʻmlik gaz oʻgʻirlagan tadbirkorlar aniqlandi

11:36 15 Aprel 2026 Jamiyat
205 0

Fargʻona viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyati gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida reyd tadbirlari oʻtkazilgan.

Unga koʻra, Rishton tumani “Zohidon” MFYda joylashgan “Z. K.” oilaviy korxonasida xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga hujjatlarsiz ulanib olgani aniqlangan.

Bildirilishicha, mazkur qonunbuzilish holati oqibatida 466 million soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.

Shuningdek, Oltiariq tumani “Yuksalish” MFYda joylashgan fuqaro M.U.ga qarashli xususiy hammomda hisoblagichdan oldin tarmoq tortgan holda tabiiy gazdan foydalanish holati aniqlanib, 380 million 666 ming soʻm jarima belgilangan.

Bundan tashqari, Fargʻona shahar Tegirmon koʻchasidagi umumiy ovqatlanish maskanidagi tekshiruvlar davomida isteʼmolchi hujjatlarsiz tabiiy gazdan foydalanib kelayotgani maʼlum boʻlgan. Holat yuzasidan 365 million 817 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

Hozirda yuqoridagi qonunbuzilish holatlari boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер