Fargʻona vodiysidan olib kelingan koʻchatlardan bogʻ va uzumzorlar barpo etilmoqda

15:54 11 Dekabr 2023 Jamiyat
346 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Olot — nafaqat Buxoro viloyati, balki mamlakatimizning eng chekka hududlaridan sanaladi. Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh mazkur tumanda bogʻ – rogʻ yaratish hadisini olgan mirishkorlar juda koʻp. Aynan ular shu kunlarda Fargʻona vodiysida yetishtirilgan koʻchatlardan bogʻu tokzorlar barpo etishga kirishdilar.

Tumanga vodiydan salkam 70 ming tup mevali daraxt hamda tok koʻchatlari keltirildi. Bu xayrli yumush hukumatimiz va Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki hamkorligi doirasida amalga oshirildi. Bunda respublika Qishloq xoʻjaligi vazirligi, M. Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining hissasi katta boʻldi. Vodiylik bogʻbonlar yetishtirgan 17 ming tup olma, 9 ming tup behi, 11 ming tupdan ziyod oʻrik, 7 mingdan ortiq shaftoli, koʻplab miqdorda yongʻoq va tok koʻchatlari tumandagi 38 ta mahallaga tarqatildi. Har bir hududdagi koʻchatlarning baravj oʻsib, hosilga kirishiga masʼullar tayinlandi. Bu bejiz emas. Viloyatning barcha tumanlari qatori Olotda ham mevali daraxt koʻchatlari parvarishi alohida eʼtiborni, aniqrogʻi, ilmiy yondashuvni talab qiladi. Aks holda har qanday ezgu ish havoga sovrilishi mumkin.

Aytmoqchi, joriy yil yakuniga qadar Olotda 597 ming tupdan ziyod koʻchat oʻtqazish koʻzda tutilgan.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер