Fargʻona viloyatida mahalliy byudjet hisobidan maktablarning issiqlik taʼminoti yaxshilanyapti

13:41 19 Yanvar 2023 Jamiyat
497 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarining issiqlik taʼminotini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu maqsadda olib borilgan oʻrganishlar asosida qator maktablarning issiqlik tizimini yangilash, samarasiz ishlayotgan isitish qozonlari (kotyol)ni zamonaviy va energiya tejamkor turlariga almashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilyapti.

— Joriy qish mavsumida viloyatdagi maktablarning qariyb 500 ta isitish qozonlarini yangilash maqsadida mahalliy byudjetdan 6,4 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan, — deydi Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Odiljon Jalolov. — Yurtimizda anomal sovuq hukmron boʻlib turgan shu kunlarda yuzdan ortiq bilim dargohlarining maʼnan eskirgan isitish qozonlari oʻrniga yangilari oʻrnatildi.

Shu kunlarda qishki taʼtildan soʻng maktablarni ochishga tayyorgarlik doirasida, eng avvalo, issiqlik taʼminotini barqarorlashtirishga harakat qilinmoqda.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер