Fargʻona viloyatida xavfsizlik choralari koʻrilmagan 2 ta AGTKSh gaz taʼminotidan ajratildi

11:18 02 Dekabr 2023 Jamiyat
376 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Fargʻona tumanida joylashgan “I.G.S.” MCHJ hamda Fargʻona shahridagi “F.C.B.” MCHJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida oʻrnatilgan texnologiya jarayonlarining va texnologik asbob-uskunalarining amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Xususan, oʻrganish jarayonida AGTKShlar faoliyatida aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi hamda mazkur AGTKShlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar (10 kun muddatgacha) tabiiy gaz taʼminotidan ajratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер