Fargʻona tumanida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish darajasi yuksalmoqda

17:02 07 Fevral 2024 Jamiyat
565 0

Fargʻona tumanida aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatuvchi viloyatdagi oʻn ikkinchi “Inson” markazi binosi foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi masʼullari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Taʼkidlanganidek, yurtimizda keyingi yillarda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning hayotini yaxshilash borasida jahon andozalari darajasida qulayliklar muhayyo etilmoqda.

— Birgina oʻtgan yilning ikkinchi yarmida tumanda 50 nafarga yaqin fuqaroga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi hamda 25 turdagi protez-ortopediya mahsulotlari yetkazildi, — deydi Fargʻona tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Umidjon Yoʻldoshev. — Shuningdek, joriy yilning yanvar oyida 5 nafar fuqaro elektr bilan harakatlanadigan aravacha, eshitish moslamasi va qoʻltiqtayoq bilan taʼminlandi. Markaz tomonidan 87 nafar keksa va nogironligi boʻlgan shaxsga respublikadagi 11 ta sanatoriy va sihatgohlarga hamda 8 nafariga viloyat nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida davolanish uchun yoʻllanma berildi.

Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ikki nafar xotin-qizning bir nafari turmush oʻrtogʻi bilan yarashtirildi, yana biriga himoya orderi olinib Qoʻqon shahar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish namunaviy tumanlararo markaziga joylashtirildi.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish boʻyicha mahallalarda olib borilgan oʻrganish natijasida qonuniy vakilsiz, nazoratsiz qolgan 5 nafar voyaga yetmagan bola aniqlanib, ularga qonuniy vakil biriktirildi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер