“Fargʻona – Soʻx – Fargʻona” yoʻnalishida muntazam qatnovlar yoʻlga qoʻyildi
Bugun, yaʼni joriy yilning 12-dekabr kunidan boshlab “Humo Air” MCHJ aviakompaniyasi “Fargʻona – Soʻx – Fargʻona” yoʻnalishida dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yoʻlovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Yoʻlovchilar aviachiptalarni Fargʻona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda Soʻx tumani hokimiyati binolarida xarid qilish imkoniyatiga ega.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring