Farg‘ona osmonida O‘zbekiston bayrog‘i hilpiraydi
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Farg‘ona viloyatida ham katta bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Bayram tadbirlari doirasida Farg‘ona okrug dala poligonida Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning asosiy qismida Farg‘ona havo desantchilari tomonidan 2500-3000 metr balandlikdan mamlakatimiz bayrog‘ining 1100 metr kvadrat hajmdagi shakli bilan ekstremal sharoitda parashyutdan sakrash orqali jahon rekordini yangilash maqsad qilingan.
Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring