Fargʻona mirishkorlari gʻalla rejani bajardi

19:19 04 Iyul 2024 Jamiyat
320 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona mirishkorlari bu yil ham Surxondaryo va Xorazm viloyati bilan birgalikda, mamlakatimizda birinchilardan boʻlib shartnoma rejasini bajarishga muvaffaq boʻldi.

— Bu yilgi moʻl hosil uchun qariyb 30 xil gʻalla navi parvarish qilindi, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Alibek Tursunov. — Gʻalla maydonlarining salkam 62 ming gektariga “Asr”, “Davr”, “Vexa”, “Antonino”, “Bezostaya – 100” navlari ekilgan boʻlsa, 33 ming gektarda innovatsiya gʻoyalar asosida yangi va istiqbolli navlar parvarishlandi.

Viloyatda joriy mavsumda yakuniy xirmon 766 ming tonnadan ortishi maqsad qilingan boʻlsa, uning 450 ming tonnasi fermer xoʻjaliklari ixtiyorida qolishi kutilmoqda. Gʻalla mavsumi davom etayotgan shu kunlarda viloyatdagi 400 dan koʻproq fermer xoʻjaliklari gektariga 100 sentnerdan hosil oldi. Har gektar yerdan 110—120 sentnergacha hosil olayotgan fermerlar safi ham tobora kengayib bormoqda.

Ayni paytda viloyatda gʻalladan boʻshagan 38 ming gektar yerda takroriy ekin ekilmoqda. Bu yerlarda tomorqachilik kooperatsiyalari, yoshlar, fermer xoʻjaligi aʼzolari tomonidan “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер