Fargʻona issiqlik elektr markazida quvvati 1 MVt boʻlgan navbatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi bunyod etilmoqda

20:15 23 Noyabr 2023 Jamiyat
383 0

Markazning bino va boʻsh yer maydonlariga oʻrnatilayotgan stansiyaning maydoni 6300 kvadrat metrni tashkil etadi. Ayni kunlarda mutaxassislar tomonidan quyosh panellari uchun metall konstruksiyalar oʻrnatilmoqda.

Mazkur stansiya foydalanishga topshirilishi natijasida yiliga 1,8 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning evaziga yiliga 400 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.

Maʻlumot uchun, hozirgi vaqtda issiqlik elektr stansiyalarida oʻrnatilgan quyosh panellarining umumiy quvvati 9,6 MVt boʻlib, joriy yil yakuniga qadar ushbu koʻrsatkichni 15 MVtga yetkazish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер