Fargʻona ekoshahrida bayram shukuhi

10:53 19 Iyul 2024 Jamiyat
241 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi Ekoshahar viloyat ahli uchun maroqli hordiq chiqarishga moʻljallangan maʼnaviy-maʼrifiy markazga aylanmoqda. Ekoshaharda bunyod etilgan yangi amfiteatrda har oqshom turli bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.

“Chilla – isteʼdodlar mavsumi” shiori ostida fargʻonalik xushovoz xonandalar ijrosida gala-konserti boʻlib oʻtdi.

— Ekoshaharning fayzli oqshomida madaniyat, sanʼat bayrami shukuhi kezmoqda, — deydi Oʻzbekiston xalq hofizi Ilhom Ibrohimov. — Oʻtgan qisqa muddatda yangi shaharcha xalqimizning sevimli manziliga aylandi. Chunki bu yerga kelgan sayyohlar noyob qurilish arxitekturasi, soʻlim tabiat manzarasidan bahra oladi.

Taʼkidlash joiz, Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan Ekoshaharda bunday konsert dasturlari har oqshom davom etib, viloyat ahli uchun unutilmas taassurotlar tuhfa etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер