Falastinning An-Nadja Milliy universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi

18:55 08 Avgust 2023 Siyosat
948 0

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Falastinning Favqulodda va Muxtor elchisi Djavad Muhammad Avad bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv avvalida I.Abdurahmonov oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasini rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar, o‘zgarishlar va kelajakdagi rejalar haqida ma’lumot berdi. O‘z o‘rnida, elchi D.Avad ta’lim va ilm-fan sohasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga imkoniyatlar kengiligi va bu imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

So‘ng tomonlar istiqbolda hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashdilar. Jumladan, O‘rta Yer dengizi davlatlari universitetlari  assotsiatsiyasi  prezidenti, An-Nadja milliy universiteti  xalqaro hamkorlik bo‘yicha vitse-prezidenti Xayrie Rassasning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va tashrif davomida ikki davlat universitetlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi.

Elchi arabshunoslik yo‘nalishida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, bu boradagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishga tayyorligini ta’kidladi. O‘z navbatida, vazir ham yurtimizda har yili o‘tkazib kelenadigan “Innoweek.uz” innovatsion g‘oyalar haftaligiga Jazoirning ta’lim va ilmiy hamjamiyati vakillarini taklif qilishini aytdi.

Shu o‘rinda elchi D.Avad vazirni yuqoridagilar masalalarni muhokama qilish maqsadida Falastin davlatiga tashrifni amalga oshirishni taklif qildi.  Uchrashuv so‘ngida D.Avad O‘zbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar ko‘lamini yuqori baholadi va mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikda ishlashga tayyorligini alohida qayd etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер