Faxriy donorlar munosib taqdirlandi

16:56 14 Iyun 2022 Jamiyat
685 0

Foto: Xalq so‘zi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qon quyish stansiyasida 14-iyun — Butunjahon donorlar kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri M. Qurbanov mazkur sananing ahamiyati hamda koʻngilli donorlarning bemorlar salomatligini tiklashga qoʻshayotgan hissalari haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, koʻngilli donorlar Toʻlqin Xudaybergenov va Mamut Arziyevga “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni hamda eng kam ish haqining besh baravari miqdorida pul mukofotlari topshirildi.

— Men 15 yildan buyon koʻngilli donorlar qatorida qon topshirib kelaman, — deydi T. Xudaybergenov. ― Oʻzim Qoraqalpogʻiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasida feldsher lavozimida ishlaganim bois ayrim hollarda insonlarga shoshilinch yordam paytida qon qanchalik zarurligini juda yaxshi bilaman. Agarda biz topshirgan qon kimningdir hayotini saqlab qolsa, bu ulkan savobku! Bugun koʻp yillik begʻaraz xizmatimizni yuqori baholab, taqdirlashganidan cheksiz minnatdorman. Shu bilan birga jismoniy imkoniyati bor, sogʻligʻi koʻtara oladigan hamyurtlarimizni donor boʻlishga tavsiya etaman. Bu ularning oʻzlari uchun ham foydali ekanini taʼkidlab oʻtgan boʻlardim.

Tadbirda boshqa koʻngilli donorlarga ham maxsus sovgʻalar topshirildi.

Gʻ. Otajonov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер