Korxonaga kelgan oʻquvchilarga liboslar hadya etildi

10:57 05 Mart 2021 Iqtisodiyot
1313 0

Qarshi shahridagi “Sanam” tikuvchilik fabrikasi» masʼuliyati cheklangan jamiyati jamoasi tomonidan Qashqadaryo viloyati 18-koʻrish boʻyicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasasining 225 nafar oʻquvchisi korxonaga taklif etilib, har birining egniga mos keladigan liboslar hadya qilindi.

Masʼuliyati cheklangan jamiyat kuzatuv Kengashi raisi Shahboz Abdullayevning maʼlum maʼlum qilishiga koʻra, fabrika jamoasining bu himmati “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” doirasida oʻtkazilgan xayrli tadbirlardan biridir. Unda oʻquvchilar korxona faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Binobarin, fabrikaga oʻtgan 2020-yilda ham 65 nafar “temir daftar”ga kirgan xotin-qiz ishga olingan edi va ular bugungi kunda “ustoz-shogird” anʼanalari asosida tajribali tikuvchilar qoʻl ostida chevarlik sir-asrorlarini astoydil oʻrganib, zamonaviy tikuv mashinalarini mustaqil boshqarishmoqda.

Bugungi kunda korxonaning ishlab chiqarish sexlarida 600 nafarga yaqin mahalliy yigit-qiz ish bilan band etilgan boʻlib, ular tomonidan 100 turdan ortiq kiyim-kechaklar tayyorlanmoqda. Korxona sexlariga tovush chiqarmaydigan zamonaviy elektron maxsus tikuv dastgohlari, bezak beradigan kompyuter mashinkalari keltirib oʻrnatilganligi ish sifati va samaradorligini taʼminlamoqda. Korxonaning ISO 9001 standarti talabiga javob berishini tasdiqlaydigan muvofiqlik sertifikatining qoʻlga kiritgani esa “Sanam” brendi asosida xorijiy bozorlarga mahsulot chiqarish imkoniyatini yaratmoqda. Oʻtgan 2020-yilda korxona tomonidan ichki va tashqi bozorlarga 11,8 milliard soʻmlik 100 xildan ziyod mahsulot chiqarilgani fikrimizning yaqqol tasdiqlab turibdi.

Xitoy, Hindiston, Germaniya davlatlaridan 500 dona tikuv hamda 45 dona presslash dastgohlari keltirib oʻrnatilgani bois, ishlab chiqarish sexlarida ortiqcha xomashyo chiqiti va energiya sarfi kamaydi. Natijada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi ham keskin pasaydi. Mahsulotlarning sifati yaxshilanib, raqobatbardoshligi ortdi.

Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер