Ezgulikning javobi ham ezgulik

14:47 04 Yanvar 2021 Jamiyat
1101 0

Bir haftadirki, Navoiy shahridagi “Mehribonlik uyi”dan homiy tashkilot va saxovatpesha kishilarning qadami uzilmaydi. Muassasa rahbariyati hatto maxsus grafik joriy etishiga ham toʻgʻri kelibdi. Unga koʻra bugun “Mehribonlik uyi”ga  Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi jamoasi vakillari tashrif buyurishib,   bolajonlarga bayram kayfiyati ulashdi. Sovgʻa-salomdan tashqari bir bosh mol qurbonlik qilinib, qurʼon tilovat etildi.

- Mazkur muassasa bolalari qalbiga ezgulik urugʻini sochmasdan turib, ulardan  hayotda  oʻz oʻrnini topishlarini kutish mushkul, - deydi viloyat Ekologiya boshqarmasi boshligʻi Ulugʻbek Razzoqov. – Ezgulikning javobi har doim ezgulik boʻlgan.

Tadbirda  “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari ishtirokida konsert dasturi  namoyish etilib, har bir chiqish homiylar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).

 TAHRIRIYATDAN: Jamiyat  “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga bayram kayfiyati ulashish va ularning taʼtilni maroqli oʻtkazishlari uchun misli koʻrilmagan xayriya tadbirlarini oʻtkazmoqda. Biroq har bir bola uchun ota-ona mehri va diydoridan ulugʻroq  sovgʻa yoʻq. Farzandi “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanayotgan ota-onalardan ularni bayram bilan bir bor yuzma-yuz qutlashlarini soʻrab qolamiz.   

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер