Yevropaning ikki mamlakatida birinchi qor yogʻdi
Shveysariya va Avstriyada birinchi qor yogʻdi.
Sentyabr oyidagi ushbu hodisa ikkala mamlakatlarning hatto togʻli hududlari uchun ham noyob hodisa boʻlib, taʼkidlanishicha, birinchi qorga sovuq havo oqimi sabab boʻlgan.
Zero, bir hafta oldin oʻrtacha 20 daraja iliq havo hukm surgan mamlakatlarda harorat keskin pasayib, sovuq shamollar esishni boshlagan.
Meteorologlar xabariga koʻra, Shveysariya janubi-sharqi hamda janubi-gʻarbidagi Alp hududlariga allaqachon 25 santimetr qalinlikda qor yoqqan. Taʼkidlash joizki, mamlakatda ilgari kuzda buncha qalin qor yogʻmagan.
Avstriyaliklar esa ob-havoning togʻ-changʻi mavsumiga hissa qoʻshishiga umid qilishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring