Yevropaning eng badavlat 10 kishisi. Peshqadam Bernar Arno
Louis Vuitton va Dior egasi Bernar Arnoning boyligi yetti kun ichida 8,1 mlrd dollarga koʻpaydi. Arnoning boyligi miqdori 28-may kuni 103,4 mlrd dollarga yetdi.
Bernar Arno yanvarda dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida bir necha marta birinchi oʻrinni egallagan, LVMH aksiyalar eng qimmatlagan davrda uning boyligi 117 mlrd dollarni tashkil etgandi. Ammo pandemiya sababli Arnoning boyligi 100 mlrd dollardan kamayib ketdi.
Zara brendiga egalik qiluvchi Ispaniyaning Inditex kompaniyasi egasi Amansio Ortega boyligi bir haftada keskin koʻpaygan milliarderlar roʻyxatida ikkinchi boʻldi. Inditex aksiyalari narxi oʻtgan haftadagiga nisbatan qariyb 10 foizga koʻtarildi. Kuchli uchlikka afsonaviy investor Uorren Baffet yakun yasab berdi. U 7 kunda 3,9 milliard dollar ishlab topdi.
Boyligi bir hafta ichida koʻpaygan milliarderlar top-10 taligi quyidagicha boʻldi:
1. Bernar Arno — 103,4 mlrd dollar (oʻsish 8,1 mlrd)
2. Amansio Ortega — 65,7 mlrd (oʻsish na 4,9 mlrd)
3. Uorren Baffet — 72,8 mlrd (oʻsish 3,9 mlrd)
4. Franusa Pino — 35,6 mlrd (oʻsish 3,2 mlrd)
5. Fransuaza Betankur-Mayers — 57,2 mlrd (oʻsish 3 mlrd)
6. Tadasi Yanai — 26,9 mlrd (oʻsish 2,8 mlrd)
7. Takemitsu Takizaki — 24,1 mlrd (oʻsish 2,3 mlrd)
8. Leonardo Del Vekkio — 20,2 mlrd (oʻsish 1,8 mlrd)
9. Karlos Slim — 52,9 mlrd (oʻsish 1,8 mlrd)
10. Xorxe Paulo Lemann — 15 mlrd (oʻsish 1,7 mlrd)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring