Yevropada pandemiyadan chiqqan birinchi davlat maʼlum boʻldi

16:33 15 May 2020 Dunyo
1207 0

Foto: Интерфакс

Sloveniya hukumati infeksiya tarqalishining kamayishi sababli mamlakatda koronavirus epidemiyasi tugaganini eʼlon qildi, deya xabar bermoqda “Reuters” axborot agentligi.

“Hukumat payshanba kuni oʻtkazilgan onlayn yigʻilishda COVID-19 koronavirusi sabab 2020-yil 12-martda eʼlon qilingan epidemiya toʻxtaganligini maʼlum qiladi. Milliy sogʻliqni saqlash instituti olingan maʼlumotlar aholi orasida koronavirus tarqalishining kamayganligidan dalolat berayotganini tasdiqladi“, — deyiladi xabarda.

Soʻnggi ikki hafta davomida mamlakatda har kuni yettidan kam “COVID-19“ bilan zararlanish holati qayd etilgan. Oʻtgan kunda esa tashxis faqat bir kishida tasdiqlangan.

Shu munosabat bilan Sloveniyada baʼzi cheklovlar yumshatilgan. 18-maydan boshlab savdo markazlari, kafe, restoran, mehmonxonalar ishga tushiriladi.

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Sloveniyada 1464 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. Shundan 1091 nafari tuzalgan. 103 nafar bemor vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер