Yevropada oktyabr oyida o‘limlar soni ko‘payishi kutilmoqda — JSST
Yevropada oktyabr va noyabr oylarida koronavirusdan o‘lim soni yana o‘sishini kutilmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lum qildi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Yevropada kasallikni yuqtirganlar soni tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bunday holat, ayniqsa, Ispaniya va Fransiyada yuqori bo‘lib turibdi.
Xususan, JSST dushanba kuni butun dunyoda 308 ming kishi koronavirus yuqtirganini qayd etdi. Bu pandemiya boshlanganidan beri kunlik rekord o‘sish ko‘rsatkich hisoblanadi.
«Menimcha, oktyabr oyining o‘rtalari fevral yoki mart oylaridagi kabi bo‘ladi. Muammo shundaki, agar kasallik o‘sha paytdagi kabi keskin ko‘tarilsa, sog‘liqni saqlash tizimi yana dosh berolmay qolishi mumkin va biz xuddi xuddi birinchi marta bo‘lgani kabi yana shunday falokatga duch kelamiz», — deydi terapevt Jonatan Petershmit.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari sanitariya qoidalarini doimiy ravishda qat’iylashtirmoqdalar. Shu bilan birga, siyosatchilar takroriy karantindan saqlanishni istashlarini ta’kidlashmoqda, chunki bu iqtisodiy falokatga olib keladi. Ushbu xavfga qaramay, Isroilda ikkinchi «lokdaun» allaqachon joriy qilindi.
JSST rahbariyati ushbu fonda vaksinalarga alohida umid bog‘lamaslikni talab qilmoqda.
«Vaksina yordam bermaydi. Ba’zan vaksinaning pandemiyaga barham berishini eshitaman. Ammo bunday emas. Biz hatto vaksinaning barcha aholiga yordam berishini ham bilmaymiz. Ba’zi alomatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, u bir guruhga yordam bersa, boshqasiga yo‘q. Agar biz turli xil vaksinalar bilan ishlashimiz kerak bo‘lsa, bu o‘ta jiddiy muammoni keltirib chiqaradi», — deydi JSSTning Yevropa bo‘yicha direktori Xans Kluge.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni allaqachon 29 million nafarga yetgan. Tashkilot mutaxassislarining ta’kidlashicha, profilaktika choralari pandemiyani oldini olishga yordam beradi: ommaviy test o‘tkazish va bemorlarning aloqalarini kuzatish.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring