Yevropada koronavirus kirib bormagan bitta davlat qoldi

16:32 16 Mart 2020 Dunyo
1667 0

Illyustrativ surat

Yevropada koronavirus kirib bormagan yagona davlat — Chernogoriya boʻlib turibdi. Bu haqda mazkur davlat hukumati rasmiy maʼlumotiga tayanib eurointegration.com xabar tarqatdi.

Chernogoriyalik shifokor Radik Raychevichning aytishicha, mamlakatda koronavirusga gumon qilinib, 69 kishi tekshirilgan va ularning barchasini tahlillari javobi salbiy natijani koʻrsatgan.

Shunga qaramay, Chernogoriyada 13-martdan COVID-19 virusini tarqalishining oldini olish uchun 14 kunga ommaviy tadbirlar toʻxtatilgan. Taʼlim muassasalari, portlar va baʼzi chegara oʻtkazish punktlari yopilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер