Yevropada gaz narxi pasayishda davom etmoqda
Foto: AP
Yevropada gaz narxi pasayishda davom etmoqda. ICE Futures maʼlumotlariga koʻra dushanba kungi savdolarda dekabr oyi uchun uning ming kubometri uchun hatto 743,7 dollaridan ham fyuchers shartnomalari imzolangan. Bu cyentyabr oyining oʻrtalaridan beri qayd etilgan eng minimal qiymat hisoblanadi.
Joriy yil kuzida Yevropada gaz narxida keskin oʻsish kuzatildi. Masalan, avgustda uning ming kubometri uchun 515 dollar dollardan shartnomalar imzolangan boʻlsa, sentyabrga kelib bu qiymat ikki barobardan ham oshib ketdi. Xususan, 6-oktyabr kuni oʻtkazilgan savdolarda tarixiy maksimum — ming kubometrining bahosi 1937 dollargacha koʻtarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring