Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari oʻrtasida strategik hamkorlik mustahkamlanmoqda

20:09 14 Aprel 2026 Jamiyat
224 0

“Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari” kongressi doirasida Polsha fan va oliy taʼlim vaziri Marsin Kulasek hamda Qirgʻiz Respublikasi taʼlim va innovatsiya vaziri oʻrinbosari Durus Kozuiyev boshchiligidagi mehmonlar “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida boʻldi.

Dasturga koʻra, mehmonlar uchun universitet talabalari tomonidan yaratilgan startap loyiha namoyish qilindi. Shuningdek, ular talabalarning ingliz tilida tashkil qilingan “Zakovat” intellektual oʻyini hamda togʻ turizmi yoʻnalishida amalga oshirilgan innovatsion loyihani kuzatish imkoniga ega boʻldilar.

Tashrif davomida mehmonlar talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Durus Kozuiyev universitetda taʼlim olayotgan 5 nafar qirgʻiz yoshlari bilan suhbatlashdi va ularning oʻqish sharoitlari bilan qiziqdi.

Kongressning ikkinchi kunida “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida samarali muloqotlar, В2В uchrashuvlar va ikki tomonlama muzokaralar tashkil etildi. Ushbu uchrashuvlar natijasida universitetlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.

Xususan, kongress doirasida Oʻzbekiston va Yevropa universitetlari oʻrtasida akademik mobillikni rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan 50 dan ortiq memorandum va shartnomalar imzolandi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер