Yevropa Ittifoqida ishsizlikdan eng koʻp ayollar va yoshlar aziyat chekmoqda

16:02 03 Oktyabr 2020 Dunyo
800 0

Yangi tipdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida Yevropa Ittifoqi mehnat bozoridagi vaziyat tobora keskinlashmoqda. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

Ish oʻrinlarining majburiy qisqartirishlardan esa eng koʻp xotin-qizlar va yoshlar aziyat chekyapti.

Qayd etilishicha, avgust oyida YEIda ishsizlik mehnatga layoqatli aholining 7,4 foizini tashkil etdi. Bu 15,5 mln. ishsiz deganidir. Iyul bilan solishtirganda, ularning soni 251 mingtaga koʻpaydi. 

Manbaga koʻra, ish beruvchilar eng koʻp ayollar va 25 yoshgacha boʻlganlarni ishdan boʻshatishgan. 

Boz ustiga, iqtisodchilar yaqin oylar ichida koronavirusning ikkinchi toʻlqini tufayli hududda ishsizlik yana-da oshishi mumkinligini bashorat qilyapti.  

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер