Yevropa Ittifoqi Rossiyani xalqaro maydonda yakkalab qoʻyishga urinishlarni davom ettirishga kelishib oldi

23:54 14 Noyabr 2022 Dunyo
883 0

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqi (YEI) diplomatiya boʻlimi rahbari Xosep Borrelning aytishicha, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiyani xalqaro maydonda yakkalab qoʻyishga urinishlarni davom ettirishga kelishib olgan.

Bu haqda u Bryusseldagi tashqi ishlar vazirlari kengashi yigʻilishidan keyingi yakuniy matbuot anjumanida maʼlum qildi.

Yevropa Ittifoqining yuqori martabali vakili Gʻarb davlatlari Rossiya Federatsiyasiga nisbatan sanksiyalar bosimini davom ettirishga qaror qilganini taʼkidladi.

“Biz cheklovchi choralarni kuchaytirishga, Rossiya — Eron va Belorussiyaga qurol yetkazib beruvchi va harbiy yordam koʻrsatuvchi uchinchi davlatlarga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyormiz”, — dedi Borrel.

Avvalroq, Borrel Ukrainaga YEI sakkiz milliard yevro miqdorida harbiy yordam koʻrsatilishini maʼlum qilgan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер