Yevropa Ittifoqi Rossiya mudofaa vaziriga qarshi sanksiyalar qoʻllamoqchi — WSJ
Foto: РИА «Новости»
Yevropa Ittifoqi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguni sanksiyalar roʻyxatiga kiritishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri diplomatik doiralardagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Shuningdek, bu roʻyxatda Rossiya harbiy-dengiz floti shtab boshliqlari, prezident maʼmuriyati rahbari Anton Vayno va Internet tadqiqot agentligi tashkiloti ham boʻlishi kerak.
21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir 21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk xalq respublika va Lugansk xalq respublikasi mustaqilligini tan olish toʻgʻrisidagi farmonlarni imzoladi.
Shundan soʻng Rossiya Federatsiyasiga nisbatan AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va boshqa davlatlar tomonidan sanksiyalar joriy etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring