Yevropa Ittifoqi pandemiyaning uchinchi toʻlqini boshida turibdi — YEK rahbari
Foto: AP
Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropa Ittifoqi "COVID-19" tarqalishining uchinchi toʻlqini boshida ekanini maʼlum qildi.
"Vaziyat jiddiy tashvish uygʻotmoqda. Yevropa Ittifoqining koʻplab mamlakatlarida infeksiya tarqalishi yana koʻpaymoqda", deydi u emlashning muhimligini taʼkidlab.
Maʼlumotlarga koʻra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari emlash kampaniyasi boshlanganidan buyon 88 million dozada turli xil "COVID-19" vaksinalarini olgan. Shundan 62 million dozasi ishlatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring