Yevropa faqat AQSH harbiy mavjudligiga tayanmasdan, oʻzi kuchli NATO mudofaasini qurishi kerak — Shvetsiya bosh vaziri
Foto: Globallookpress.com
Yevropa faqat AQSH harbiy mavjudligiga tayanmasdan, oʻzi kuchli NATO mudofaasini qurishi kerak. Bu fikrni Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson “Politico” nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
“Yevropadagi NATO davlatlari yetarlicha kuchli mudofaa yaratishi kerak, shunchaki Amerika Qoʻshma Shtatlari kuchli mudofaani taʼminlashiga ishonmasdan va buning uchun pul toʻlamasdan”, deydi siyosatchi.
Shuningdek, u Stokgolm va barcha Yevropa davlatlari iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida Xitoyga qaramlikni kamaytirishi zarurligini taʼkidladi.
Avvalroq, NATOning Bryusseldagi qarorgohida qirollikning harbiy blokka kirishi sharafiga oʻtkazilgan tantanali marosimda Shvetsiya bayrogʻi koʻtarilgan edi. Shuningdek, tadbir davomida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumani oʻtkazdi. Uning qayd etishicha, Shimoliy Atlantika alyansi oʻz hududida yadro qurolini joylashtirgan NATO davlatlari sonini Shvetsiya hisobiga koʻpaytirishni rejalashtirmayapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring