Yevgeniy Xorishko Rossiyaning Samarqanddagi bosh konsuli etib tayinlandi

21:29 16 Mart 2026 Siyosat
367 0

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yevgeniy Viktorovich Xorishko Rossiyaning Samarqanddagi bosh konsuli etib tayinlandi.

Yevgeniy Xorishko 1965-yilda tugʻilgan. 1987-yilda SSSR TIVning Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini (MGIMO) tamomlagan. U 2-darajali Favqulodda va muxtor elchi diplomatik rangiga ega (2022-yil iyun oyida berilgan).

U faoliyati davomida Rossiya TIV markaziy apparatida va xorijdagi vakolatxonalarda turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan:

2020–2022-yillarda — Rossiyaning Klaypedadagi (Litva) bosh konsuli;

2022–2024-yillarda — Rossiya TIV Shimoliy Amerika departamenti bosh maslahatchisi;

2024-yil dekabr oyidan buyon — Rossiya TIV Shimoliy Atlantika departamenti bosh maslahatchisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер