Eʼtiroz eʼtiborsiz kolmadi

12:15 20 Noyabr 2019 Jamiyat
1058 0

Illyustrativ foto

Jizzax shahar “Doʻstlik” mahallasi Lolazor koʻchasida yashovchi Atabayeva Jamila Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasiga murojaat qilgan. Uning murojaati qonun doirasida hal etilishi uchun Jizzax shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilgan.

Ushbu murojaatda u shahardagi “ZEBO“savdo majmuasidagi doʻkondan 2019-yilning 26-sentyabr kuni 6200000 (olti million ikki yuz ming ) soʻmga muzlatgich xarid qilganligi, ammo oradan ikki kun oʻtgach muzlatgich ishlamay qolganligini aytib oʻtgan. Shundan soʻng isteʼmolchi “ZEBO“ savdo majmuasidagi doʻkonga borib, muzlatgich ishlamay qolganligi toʻgʻrisida xabar beradi.

Sotuvchi J. Atabayevanikiga servis xizmati xodimlarini joʻnatgan. Servis xizmati mutaxassislari muzlatgichning matoridagi nosozligini aniqlagach, sotuvchi tomonidan muzlatgichga yangi mator kuyib berilishi tushuntirilgan. Bunga isteʼmolchi rozi boʻlmagan va sotuvchiga muzlatgichni boshqa sifatli yangisiga almashtirilib berishini yoki 6200000 soʻm pulini qaytarishini talab qilgan. Oʻrtada kelishmovchilik yuzaga kelgach, isteʼmolchi eʼtiroz bildirib murojaat qilishga majbur boʻlgan. Federatsiya xodimlari saʼy-harakatlari bilan isteʼmolchiga sifatsiz muzlatgich uchun toʻlagan 6200000 soʻmni toʻliq qaytarib berildi.

Yana bir shunday holat Jizzax shahar “Yoshlik” mahallasi 1-uy 5-xonadonda yashovchi Barakayeva Qunduz bilan yuz berdi. Qunduz Barakayeva ham Jizzax shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. U uz murojaatida “Jizzaxlik” mahallasida joylashgan “KANS” xususiy korxonasiga qarashli Soatov Ozodga tegishli maishiy texnikalari doʻkonidan “ARTEL “ rusumli muzlatgichni 3100000 (uch million bir yuz ming ) soʻmga xarid qilganligini, ammo muzlatgich yaxshi muzlatmasligi sababli doʻkonga qaytarib olib borib sotuvchiga topshirib “AVALON” rusumli konditsionerga almashtirib berishini talab qilgan. Oradan bir oy vaqt oʻtsa hamki, isteʼmolchiga kelishuvga asosan nosoz muzlatgich konditsionerga almashtirilmagan.

Ushbu murojaat yuzasidan Jizzax shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari, isteʼmolchi Barakayeva Qunduz va sotuvchi Soatov Ozod ishtirokida oʻrganib chiqildi. Murojaatda qayd etilgan holatlar oʻz isbotini topdi va maishiy texnikalari sotiladigan doʻkon sotuvchisi Soatov. O. ga amaldagi qonun hujjatlari yuzasidan tushuntirish berildi. Isteʼmolchiga muzlatgich uchun toʻlagan 3100000 soʻm toʻliq qaytarildi.

Jizzax shahar Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati matbuot -axborot sektori mutaxassisi,

Gulbahor Musinova

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер