Eʼtirof yutuqlar sari undaydi

22:19 09 Yanvar 2024 Jamiyat
537 0

Joriy yilgi kasb bayramimiz arafasida men uchun shu jumladan, jamoamiz uchun ham quvonchli voqea boʻldi. Prezidentimizning “Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandim.

Albatta, buni nafaqat mening, balki butun jamoamiz va Qoraqalpogʻistondagi prokuratura organlari xodimlari mehnati eʼtirofi deb bilaman.

Faoliyatimiz davomida sud qarorlari doirasida davlat, bank va boshqa tashkilotlar foydasiga mablagʻlarni undiruv bilan birga aliment undiruvi bilan bogʻliq holatlar ham afsuski koʻp uchraydi. Bu borada doimiy ravishda hududlarda profilaktika inspektorlari, mahalla, qishloq va ovul fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan birgalikda ajrashgan oilalar oʻrtasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, natijada 2 969 ta ijro hujjati boʻyicha oilalarni yarashtirishga erishildi.

Bundan tashqari, ishsiz aliment toʻlovchilarni ishga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkalari oʻtkazilib, uning natijasida 1 938 nafar ishsiz aliment toʻlovchilarning bandligi taʼminlandi.

Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga jami

248,7 mln. soʻm kompensatsiya mablagʻlari oʻtkazilishi taʼminlanib, hozirda hokimliklardan kompensatsiya undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlari mavjud emas.

“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”iga oʻtkazilib beriladigan mablagʻlar boʻyicha 12 oyda 21,1 mlrd. soʻm reja belgilanib, shundan 31,3 mlrd. soʻm oʻtkazilib, reja 148 foizga bajarilishi taʼminlandi.

Albatta, hali bu borda qiladigan ishlarimiz koʻp. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, jamiyatda adolat barqaror boʻlishida prokuratura organlarining oʻrni katta boʻlmogʻi kerak. Shu nuqtai nazardan biz, butun jamoamiz bilan birgalikda fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yoʻlida bor kuch va salohiyatimizni safarbar etamiz.

Venera Yerniyazova,

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, “Doʻstlik” ordeni sohibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер