Eʼtibordan el koʻkaradi

12:46 08 Iyul 2022 Jamiyat
728 0

Foto: Xalq so‘zi

Davlatimiz rahbarining shu yil 1-iyuldagi “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori doirasida ushbu muborak bayram oldidan chin maʼnoda ezgulikka, mehr-oqibatga yoʻgʻrilgan tadbirlar yurtimiz boʻylab keng qamrovda tashkil etilmoqda.

Jumladan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Andijon viloyati boʻlimi va uning huzurida tashkil etilgan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi tomonidan bayram arafasida 1 ming 666 ta oilaga 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hamda 390 ta oilaga pul mablagʻi tarqatildi.

— Eʼtibordan el koʻkaradi, deyishlari rost, — deydi Izboskan tumanidagi Boy mahallasining Mirob koʻchasida istiqomat qiluvchi Tursunoy Mirzaqulova. — Qurbon hayiti arafasida holimizdan xabar olib, moddiy yordam bergan masʼullardan minnatdormiz. Umuman, hayotimizdagi yaxshi-yomon kunlarda hamisha koʻnglimizni koʻtarib, moddiy-maʼnaviy koʻmak berib kelishayotgan saxovatli insonlarning borligiga shukr!

Hayit arafasidagi yoʻqlovdan, ayniqsa, Andijon tumanidagi “Boʻtaqora muruvvat uyi”da istiqomat qiluvchi hamyurtlarimizning koʻngli togʻdek koʻtarildi. Shu kuni ularga jamgʻarma tomonidan bayram sovgʻalari taqdim qilindi.

Mazmun-mohiyatan xayru saxovatga uygʻun bunday tadbirlar davom etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер