Yeryongʻoqning yangi “Lider” navi yaratildi
Foto: Arxiv surat
Bu haqida Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Toshkent davlat agrar universiteti Meva-sabzavotchilik va uzumchilik fakulteti professori, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Maxfurat Amanova ham 17 yil davomida yeryongʻoqning yangi turini yaratish ustida bir qator ilmiy izlanishlar olib bordi.
Izlanishlar samarasi oʻlaroq, olima yeryongʻoqning dunyo bozori va mahalliy dehqon fermer xoʻjaliklarining talablarini qondira oladigan ertapishar, serhosil, yirik qizil urugʻli, urugʻi tarkibida moy va oqsil miqdori yuqori boʻlgan “Lider” navini yaratishga va Davlat Reestriga kiritilishiga muvaffaq boʻldi.
“Lider” navli yeryongʻoq Amerika, Hindiston va Xitoy navlari bilan toʻliq raqobatlasha oladi. Qolaversa, ushbu nav hosildorligi 6,5 tonnani tashkil etishi ahamiyatlidir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring