“Ertasi kuni oʻldiriladigan odamga ovqat berishning maʼnosi yoʻq” — Jozep Borrel Gʻazodagi insonparvarlik yordami haqida

23:37 27 Noyabr 2023 Dunyo
687 0

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel Barselonada tashkil etilgan Oʻrta Yer dengizi ittifoq forumi yigʻilishi yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida Falastin — Isroil mojaro hududidagi vaziyat haqida gapirar ekan, u yerda ertaga oʻldirilishi mumkin boʻlganlarga gumanitar yordam koʻrsatishni maʼnosiz, deb bilishini aytdi.

“Biz tinch aholining azob-uqubatlarini yengillashtirishimiz kerak. Buning uchun esa insonparvarlik yordami hajmini oshirish kerak. Lekin ertasi kuni oʻldiriladigan odamga ovqat berishning maʼnosi yoʻq”, dedi u.

Borrelning qoʻshimcha qilishicha, yangi qurbonlarga yoʻl qoʻymaslik uchun oʻqqa tutishni toʻxtatish kerak. Uning qoʻshimcha qilishicha, insonparvarlik yordami zarur, ammo bu yetarli emas. Shu oʻrinda Yevropa diplomatiyasi rahbari tomonlar oʻrtasida uzoq muddatli sulh bitimini tuzishni ustuvor vazifa, deb atadi.

Borrelga koʻra, HAMAS Gʻazo sektorini harbiy nazoratga olishi kerak.

Avvalroq, Qatar Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Majid bin Muhammad al-Ansoriy Isroil va Falastinning HAMAS harakati Gʻazo sektoridagi gumanitar sulhni yana ikki kunga uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishganini maʼlum qilgandi.

Bungacha Jozep Borrel Falastin davlatining tashkil etilishi va uning Gʻazo sektori ustidan nazorati Isroil uchun xavfsizlikning eng yaxshi kafolati ekani aytgandi.

Uning fikricha, Gʻazo butun mintaqani beqarorlashtirishi mumkin boʻlgan nazoratsiz qurolli guruhlar qoʻliga oʻtib ketishining oldini olish uchun bu hudud oʻz xalqi vakili boʻlgan davlat tomonidan boshqarilishi kerak.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер